Dollarning rasmiy kursi oshdi

eʼlon qilindi
12 705,79 so‘m etib belgilandi
Dollar kursi
Dollarning rasmiy kursi oshdi. Foto: SergPoznanskiy / depositphotos.com

O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 12-iyun kuni dollar kursi 59,23 so‘mga oshib, 12 705,79 so‘m etib belgilandi.

  • Oldingi kurs (11-iyun): 12 646,56 so‘m;
  • Yangi kurs (12-iyun): 12 705,79;
  • O‘zgarish: +59,23 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 243,07 so‘mga oshib, 14 704,41 so‘mni, rubl esa 1,68 so‘mga tushib, 159,20 so‘mni tashkil qildi.

Banklardagi eng maqbul kurslar

«Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 12-iyun kuni dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:

Banklarga sotish (USD – UZS):

  • «Universalbank» – 12 705 so‘m;
  • «Hamkorbank» – 12 670 so‘m.
  • «Kapitalbank» – 12 640 so‘m;

Banklardan sotib olish (UZS – USD):

  • «Madad bank» – 12 690 so‘m;
  • «Ziraat bank» – 12 700 so‘m;
  • «KDB Bank Uzbekistan» – 12 705 so‘m.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbek so‘mi hattoki skeptiklarni ham hayratda qoldirgani, dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilingani haqida yozgandi.  

2025-yil boshidan beri o‘zbek so‘mi hattoki eng ehtiyotkor tahlilchilarni ham ajablantirdi. Devalvatsiyaga oid barcha taxminlarga qaramay, milliy valyuta qariyb 1 foizga mustahkamlandi: iyun oyining birinchi o‘n kunligiga kelib, dollar kursi 12 915,18 so‘mdan 12 777,52 so‘mga tushdi. Biroq Kursiv Uzbekistan bilan suhbatlashgan mutaxassislar bu barqarorlikni vaqtinchalik deb baholamoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyining boshida (2-may kuni) dollar kursi 12 915 so‘m atrofida belgilangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 30-aprelga nisbatan deyarli o‘zgarmagan (12 920,16 so‘m). Ammo 30-mayga kelib dollar kursi 12 790,43 so‘mga pasaydi.

Shuningdek