Endi hamma o‘z viloyatida taksichilik qiladi

eʼlon qilindi
Litsenziyalar viloyat kodiga qarab beriladi
Taksi
Endi hamma o‘z viloyatida taksichilik qiladi / Foto: Depositphotos

Endilikda avtomobil tashish xizmatlariga litsenziyalarni taqdim etish transport vositasining hududiy kodiga qarab beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, endi hamma o‘z viloyatida taksichilik qiladi.

2025-yil 1-iyuldan e’tiboran elektron tijorat operatorlari, shu jumladan, tashuvchilarga mijoz topishda yordam beruvchi agregatorlar faoliyati «xabardor qilish tartibi» asosida amalga oshiriladi. Ular maxsus reyestrga kiritiladi va ushbu ro‘yxatni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi yuritadi.

Agregatorlarga qo‘yilgan talablar:

  • faqat ruxsatnomaga ega tashuvchilar bilan ishlashlari shart;
  • buyurtmalar faqat litsenziyada ko‘rsatilgan hududlarda qabul qilinadi;
  • elektron fiskal chek shakllantirish tizimi soliq organlari bilan integratsiyalangan bo‘lishi kerak;
  • agregator axborot tizimi Transport vazirligi va Istiqbolli loyihalar agentligi tizimlariga ulanadi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlari ko‘rsatuvchi agregatorlarga bu talablar tatbiq etilmaydi.

Yo‘nalishsiz taksilarga yangi imtiyozlar:

  • «To‘xtash taqiqlangan» joylarda (aeroport, vokzal) yo‘lovchi olish va tushirish mumkin bo‘ladi;
  • davlat ulushi 50% va undan ko‘p bo‘lgan savdo majmualari to‘xtash joylariga bepul kirish huquqi beriladi;
  • maxsus ajratilgan yo‘laklardan harakatlanishga ruxsat etiladi.
  • soliq va litsenziya yangiliklari:
  • o‘zini o‘zi band qilganlarning daromadi 100 mln so‘mdan oshsa, soliq agenti orqali ushlab qolinadi;
  • yo‘lovchi tashishda litsenziya talablarini buzganlarga alohida javobgarlik belgilanadi.

2025-yil 15-apreldan 2026-yil oxirigacha Toshkent shahrida o‘zini o‘zi band qilganlar yo‘nalishsiz taksi xizmatini amalga oshirishga ruxsat etiladi. Bu uchun yiliga 3 barobar BHM miqdorida davlat boji undiriladi.

Eksperiment uchun yuqori qulayliklarga ega, 4 – 8 o‘rindiqli transport vositalari ro‘yxati Transport vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.

Avvalroq Andijon va Buxoro jamoat transportida yo‘lkira narxlarini asossiz oshirish holati aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek