Eron Isroil hujumiga javob berishga tayyor – NYT

eʼlon qilindi
AQSh harbiylari va diplomatlarining oilalariga mintaqani tark etishni maslahat berdi
Eron Isroil hujumiga javob berishga tayyor – NYT / Foto: alexeynovikov/Depositphotos

Eron harbiylari Isroilga yuzlab ballistik raketalar bilan zarba berish rejasini ishlab chiqdi. Hujum Isroilning Tehronning yadroviy inshootlariga bergan zarbasiga javob bo‘lishi mumkin, deb yozadi The New York Times (NYT).

Shu bilan birga, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamiy harbiylar har qanday o‘zgarishlarga tayyor ekanini aytdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy kelishuv istiqbollari haqida gapirar ekan, Eron va Isroil o‘rtasidagi taranglik kuchayganini qayd etdi.

Keyinroq Oq uy rahbari hozir muzokaralar istiqboliga kamroq optimistik qarashini aytdi. Kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Isroil armiyasi AQSh ko‘magisiz ham Eron yadroviy inshootlariga hujum qilishga tayyorligi ma’lum qilgan.

Tanglik kuchayib borayotgan bir paytda amerikalik harbiylar va diplomatlarning oilalariga Yaqin Sharqdagi mamlakatlarni tark etish tavsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp Netanyahuga G‘azo urushini tugatishni va Eron tahdidlarini bas qilishni aytgani haqida yozgan edi.

Shuningdek