
Himoyachi Abduqodir Husanov 15-iyundan 13-iyulga qadar AQShda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun «Manchester Siti» rasmiy tarkibiga kiritildi. Bu haqda klub rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Turnir ilk bor sakkizta guruhga bo‘lingan 32 ta jamoadan iborat formatda o‘tkaziladi va eng yaxshi ikki jamoa pley-offga yo‘l oladi.
«Manchester Siti»ning «G» guruhidagi o‘yinlari
18-iyun kuni «Man Siti» Marokashning «Vidad» klubi bilan, 23-iyun kuni BAAning «Al-Ayn» klubi bilan, 26-iyun kuni esa «shaharliklar» «Yuventus» bilan kuch sinashadi.
City to‘liq tarkibi
Darvozabonlar:
Bettinelli (13), Ortega Moreno (18), Ederson (31)
Himoyachilar:
Diash (3), Stouns (5), Ake (6), Ayt-Nuri (21), Reys (22), Gvardiol (24), Akanji (25), Husanov (45), Lyuis (82)
Yarim himoyachilar:
Reynders (4), Doku (11), Niko (14), Rodri (16), Gundo‘g‘an (19), Bernardu (20), Savino (26), Nunes (27), Cherki (29), Echeverri (30), Foden (47), Bobb (52), O‘Rayli (75).
Hujumchilar:
Marmush (7), Xoland (9).
Avvalroq «Kursiv» nashri 10-iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi «JCH – 2026» saralashining ikkinchi bosqichi so‘nggi o‘yinida Qatar terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgani haqida yozgandi.