Kelajakda Tesla bozorning 99 foiz ulushiga ega bo‘ladi – Ilon Mask

eʼlon qilindi
Biroq kompaniya daromadi sezilarli darajada pasaygan
Kelajakda Tesla bozorning 99 foiz ulushiga ega bo‘ladi — Ilon Mask / Foto: Alberto Mier/CNN/Smith Collection/Gado/Getty Images

Ilon Mask Texas shtatining Ostin shahrida Tesla’ning birinchi robotaksi xizmatini ishga tushirishini e’lon qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Tesla sun’iy intellekt asosida ishlaydigan haydovchisiz avtomobillar xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu loyiha kompaniyaning kelajagi uchun juda muhim, chunki Tesla hozir moliyaviy muammolarga duch kelmoqda: 2024-yilda daromadi 53 foizga kamaydi va savdolar ham birinchi marta pasaydi.

Mask robotaksilarni eng yirik moliyaviy imkoniyat deb ko‘radi. U Tesla’ning avtopilot tizimi kameralarga asoslangan, radar va lidar kabi murakkab datchiklar ishlatilmaydi. Mask bunday datchiklarni qimmat va keraksiz deb hisoblaydi, biroq mutaxassislar lidar yordamida odam va to‘siqlarni aniqroq aniqlash mumkinligini ta’kidlamoqda.

Bu orada raqobatchilar – Google’ga qarashli Waymo xizmatlari 10 mlndan ortiq mijoz tashigan. Xitoyda ham shunga o‘xshash xizmatlar mavjud. Tesla esa bu borada orqada qolmoqda – va’dalarga qaramay hali amaliy ishlar boshlamagan.

Avval GM va Ford kompaniyalari bu yo‘nalishdagi loyihalarini resurslar yetishmasligi sababli to‘xtatgan. Hatto Uber kompaniyasi ham hozircha inson haydovchilariga tayanmoqda, lekin robotaksilar bilan hamkorlikni kengaytirishga ham harakat qilmoqda.

Yana bir muhim jihat – xavfsizlik. AQSh transport xavfsizligi agentligi Tesla FSD tizimi bilan bog‘liq ba’zi halokatlarni tergov qilmoqda. Ba’zilari FSD tizimi quyosh nuri, chang yoki tuman sabab yo‘lni aniq ko‘rmaganini ko‘rsatmoqda.

Biroq bu va’dalar 2019-yildan beri har yili aytilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu safar ham faqat marketing yurishi bo‘lishi mumkin. Maskning bu galgi va’dasi amalga oshadimi yoki yo‘qmi, 22-iyun kuni ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask AQShda yangi siyosiy partiya tuzmoqchi ekanligi haqida yozgan edik.

Shuningdek