Land Rover Discovery Sport 2026 yangilandi

12-iyun 2025 12:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Land Rover Discovery Sport 2026 yangilandi / Foto: IThome

2026-yilgi Land Rover Discovery Sport yangilangan ko‘rinishda taqdim etildi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Modelning ilgari mavjud bo‘lgan Dynamic SE va Dynamic HSE versiyalari yangi «Landmark» va «Metropolitan» nomli modellar bilan almashtirildi. Kirish darajasidagi S modeli esa Dynamic S deb o‘zgartirildi. Yangi model uchun plyajga borish, uzoq masofali sayohatlar va qorli yo‘llar uchun mo‘ljallangan opsiyalar qo‘shildi.

«Landmark» versiyasi maxsus naqshli bosqichlar, LED yoritilgan eshiklar va panoramali tom bilan jihozlangan. Shuningdek, 3D kamera tizimi orqali tor joylarda qulay harakatlanish imkoni yaratilgan.

«Metropolitan» versiyasida esa 14 bosqichli sozlanadigan isiydigan va ventilyatsiyali o‘rindiqlar, 14 ta dinamikli Meridian audio tizimi hamda 20 dyuymli g‘ildiraklar mavjud. Dynamic S versiyasida kuzov elementlari qora bezaklar bilan ajralib turadi.

Foto: ITHome

Texnik jihatdan, yangi modelda 160 va 201 ot kuchiga ega bo‘lgan yumshoq gibrid dizel dvigatellar mavjud. Shuningdek, U 265 ot kuchiga ega bo‘lgan benzinli gibrid bilan jihozlangan. Narxi 45 440 funt sterling ($61 mingdan) dan boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Land Rover – Buyuk Britaniyaga tegishli bo‘lgan mashhur avtomobil brendi. U off-road va premium SUV modellari bilan tanilgan. Kompaniya 1948-yilda tashkil topgan. U dastlab harbiy va qiyin sharoitlarda yurishga mo‘ljallangan avtomobillar ishlab chiqargan. Hozirda Land Rover zamonaviy texnologiyalar, hashamatli salon va yuqori darajadagi avtomobillarni yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Audi va Jaguar Land Rover kompaniyalari AQSHga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek