O‘zbekiston – Afg‘oniston o‘rtasidagi elektr uzatish liniyasi qurilishi muhokama qilindi

eʼlon qilindi
Shuningdek, ular Transafg‘on temir yo‘li qurilishini ham ko‘rib chiqishdi
O‘zbekiston – Afg‘oniston o‘rtasidagi elektr uzatish liniyasi qurilishi muhokama qilindi. Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston islom amirligining sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy bilan uchrashdi. Uchrashuv xalqaro investitsiya forumi doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar Afg‘oniston ishtirokidagi yirik loyihalarni, jumladan, «Surxon – Puli-Xumrī» elektr uzatish liniyasi va Transafg‘on temir yo‘li qurilishini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, savdo, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va foydali qazilmalar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Prezident Mirziyoyev Xayraton sanoat markazini tashkil etish muhimligini ta’kidladi. Ushbu markazda dori-darmonlar, mebel, to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmari bergani haqida yozgandi.

Shuningdek