O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim imzolandi

eʼlon qilindi
Hujjatlar IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF – 2025) doirasida imzolandi
Imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim. Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Afg‘oniston sanoat vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy bilan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim hamda 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy va sanoat sohalarida hamkorlik dasturini imzoladi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida xabar berdi.

Ushbu hujjatlar IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF – 2025) doirasida imzolandi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo hajmi barqaror o‘sib bormoqda. 2025-yil may holatiga ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi $504,5 mlnga yetgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston – Afg‘oniston o‘rtasidagi elektr uzatish liniyasi qurilishi muhokama qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek