
Nubia brendi Red Magic Gaming Tablet 3 Pro flagmanini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Ushbu qurilmada Snapdragon 8 Elite, 256 Gb dan 1 TB gacha xotira va 24 Gb gacha operativ xotira mavjud. Shuningdek, u 2400 x 1504 pikselli 9 dyuymli OLED-ekranga ega, kadr chastotasi 165 Gts va PWM chastotasi 5280 Gtsga ega.
Brendning boshqa smartfonlari kabi planshet ham faolsovitish tizimi bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 8200 mA/soat, zaryadlash quvvati esa 80 Vtni tashkil etiladi.
Qurilmaning texnik xususiyatlari bilan ushbu jadvalda tanishishingiz mumkin.
Bo‘lim | Ma’lumot |
---|---|
Aloqa tarmog‘i | Uyali aloqa yo‘q |
Chiqarilish sanasi | E’lon: 2025-06-11Chiqarilishi: 2025-06-12 |
Korpus materiali | Old qismi: shishaRamka va orqa qismi: alyuminiyRGB orqa chiroq, ichki sovutish tizimiSIM karta: yo‘q |
Ekran | 9.06 dyuym LTPO OLED165Hz, HDR, 1600 nits yorqinlik1504x2400 piksel, 313 ppi zichlik |
Operatsion tizim | Android 15, Redmagic OS 10.5 |
Protsessor va grafik | Snapdragon 8 Elite (3 nm)CPU: 2×4.47 GHz + 6×3.53 GHzGPU: Adreno 830 (1200 MHz) |
Xotira (ichki) | 256GB + 12GB RAM512GB + 16GB RAM1TB + 24GB RAMUFS 4.1 Pro, karta uyasi yo‘q |
Orqa kamera | 13 MP, LED chiroq, HDR, panorama |
Old kamera (selfi) | 9 MP, 1080p video |
Ovoz | Stereo dinamiklar3.5 mm raz’yom yo‘qSnapdragon Audio texnologiyasi |
Aloqa texnologiyalari | Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4GPS, NFC, radio: yo‘qUSB-C 3.2, video chiqishi, magnit ulagich |
Sensorlar | Yon tomondagi barmoq iziAkselerometr, giroskop, yaqinlik sensori, kompas |
Batareya quvvati | 8200 mA/soat80 Vt tez zaryad, 22 daqiqada 50% |
Rang variantlari | Eclipse Black, Starfrost Silver |
Taxminiy narxi | 490 yevro atrofida |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Red Magic 10S Pro+ modeli dunyodagi eng kuchli smartfon deb tan olingani haqida yozgan edi.