Rossiya O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Rossiya O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga tayangan holda TASS xabar berdi.
Ushbu tashabbus Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida ma’lum qilingan.
«Rossiya tomoni 2025 – 2034-yillarda kafolatli xarid qilish rejalashtirilgan, lokalizatsiya qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari ro‘yxatini tayyorlamoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning «BioVitrum» kompaniyasi O‘zbekistonda parafin ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, omborxona va ilmiy tadqiqot markazi qurilishi imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan barcha farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari QQS to‘lovchisiga aylanishi haqida xabar bergan edi.