
Samsung Exynos 2600 chipi ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga o‘tdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning NewDaily nashri soha manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Samsung hozirda yangi Exynos 2600 protsessorini ishlab chiqarishda faol harakat qilmoqda. Kompaniya chip ishlab chiqarishdagi ishonchli natijani 50 foizdan yuqoriga ko‘tarishga intilmoqda. Bu ko‘rsatkich masshtabli ishlab chiqarish uchun muhim hisoblanadi.
Exynos 2600 chipi Galaxy S26 smartfonlarida ishlatilishi kutilmoqda. Ular 2026-yil boshida taqdim etilishi mumkin. Samsung yil oxirigacha minglab chip namunalarini ishlab chiqarmoqchi.
Biroq ishlab chiqarishda hali ham xavf omillari mavjud. Agar chiplarning sifati past bo‘lsa yoki chiqish darajasi kutilganidek bo‘lmasa, massaviy ishlab chiqarish kechikishi mumkin.

Exynos 2600 chipi Samsung‘ning yangi 2-nanometrli texnologiyasida ishlab chiqariladi. Bu texnologiya ilk marta aynan shu chipda qo‘llanilmoqda. Shuning uchun uning muvaffaqiyati Samsung‘ning 2-nanometrli chiplar bozoridagi obro‘siga katta ta’sir qiladi.
Ma’lumot uchun, Samsung yangi avlod Exynos 2600 chipini ommaviy sinov ishlab chiqarish bosqichiga olib chiqdi. Bu chip flagman Galaxy S26 smartfonlarida ishlatilishi kutilmoqda. Hozirda kompaniya chip sifatini 50 foizdan yuqoriga ko‘tarishga harakat qilmoqda.
Sinov bosqichida minglab chiplar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Agar ishlab chiqarish muvaffaqiyatli o‘tsa, 2026-yil boshida ommaviy ishlab chiqarish boshlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasi bilan bog‘liq muammo aniqlangani haqida yozgan edi.