Samsung One UI 8 yangilanishi yozda taqdim etiladi

12-iyun 2025 17:57 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Samsung One UI 8
Samsung One UI 8 yangilanishi yozda taqdim etiladi / Foto: Samsung

Samsung One UI 8 interfeysining barqaror versiyasi 2025-yil yozida chiqishini rasman tasdiqlandi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Garchi aniq sana hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, yangi versiya Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip 7 buklanadigan smartfonlari bilan birinchi bo‘lib taqdim etilishi kutilmoqda. Ular iyul oyida sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.
Yangilanishni oladigan Samsung qurilmalari:

  • Galaxy S seriyasi: S21 FE va undan keyingilar
  • Galaxy Z seriyasi: Z Fold 4, Z Flip 4 va yangi modellari
  • Galaxy A seriyasi: A06 va undan keyingilar
  • Galaxy M seriyasi: M06, M05 va boshqalar
  • Galaxy Tab planshetlari: A9, A9+, Active 5 va boshqalar

One UI 8 yangiliklari nimalardan iborat?

Yangi funksiyalar:

  • Quick Share: endi maxsus to‘liq ekranli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
  • Ilovalarni cho‘zish: ajratilgan ekranda ilovalarni foydalanuvchi istagiga ko‘ra cho‘zish mumkin.
  • Samsung DeX: ekran aniqligi va o‘lchamini sozlash, displeyni vertikal holatga burish funksiyasi qo‘shiladi.
  • Jonli fon rasmlari: kun vaqtiga qarab avtomatik o‘zgaruvchi dinamik fonlar.

Kamera va Galereya:

Kamera ilovasida boshqaruv elementlarini pastga/yuqoriga surib ochish sozlanadi.

Galereya: skrinshotlar «Qo‘nish talonlari», «Kuponlar», «Xaridlar», «Joylashuv» kabi toifalarga avtomatik ajratiladi.

Xavfsizlik:

Himoyalangan jildga boshqa barmoq izi bilan kirish imkoni yaratiladi.

Bluetooth va ulanish:

Bir nechta Bluetooth audio qurilmalari bilan bir vaqtda ulanish soddalashtiriladi.
Ulanishni soddalashtirish uchun QR kod orqali ulanish funksiyasi qo‘shiladi.

Reminder va Samsung Health:

  • Reminder yangi dizaynga ega bo‘ladi.
  • Samsung Health – do‘stlarni sog‘lom turmush tarziga undovchi yangilik: ularni fitnes maqsadlariga erishishga chaqirish funksiyasi bilan to‘ldiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra smartfonlari muhim yangilanishni olishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek