Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

eʼlon qilindi
Fojiaviy aviahalokat munosabati bilan
Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi. Foto: NDTV

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahrida yuz bergan fojiaviy aviahalokat munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari halokat oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi. Shuningdek, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tilab qoldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Eron portidagi portlash munosabati bilan ta’ziya yoʻllagani haqida yozgandi.

Shuningdek