Toshkentda 110 mingta uy buzilishi haqidagi xabarlar asossiz

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlandi» degan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ayni paytda respublikada ko‘p qavatli uy-joy fondining seysmik holati o‘rganilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tarzda olib borilmoqda.
«Hozirda hech qanday rasmiy hujjatlarga ega boʻlmagan bitta obyektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu obyekt boʻyicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrilgan», – deyiladi xabarda.
Fuqarolardan yolg‘on xabarlarga ishonmaslik va faqat rasmiy manbalarga tayanish so‘raldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amirsoy Resort yong‘in yuzasidan munosabat bildirgani haqida yozgandi.