Toshkentdagi Jennifer Lopez konsertida 35 tadan ortiq davlat fuqarolari chipta xarid qilgan

12-iyun 2025 16:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Toshkentdagi Jennifer Lopez konsertida 35 tadan ortiq davlat fuqarolari chipta xarid qilgan / Foto: depositphotos

iTicket.uz chipta operatorining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Jennifer Lopez konserti uchun sotilgan chiptalarning 40 foizini dunyoning 35 mamlakatning fuqarolari xarid qilgan. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qo‘mitaga ko‘ra, biletlar asosan Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikistondan, shuningdek, uzoq xorij davlatlaridan, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, BAA, Janubiy Koreya, Kanada va Saudiya Arabistoni fuqarolari tomonidan sotib olingan.

Konsertga tashrif buyurgan sayyohlar odatda mamlakatda bir necha kun qolishadi, bu esa kichik va o‘rta biznes uchun, ayniqsa, mehmondo‘stlik va turizm sohasida ko‘paytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, deydi qo‘mita.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jennifer Lopez konserti uchun chiptalar sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek