Tramp AQSh rezidentligi uchun $5 millionlik «oltin karta» dasturini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatga olish TrumpCard.gov sayti orqali amalga oshiriladi
Tramp AQSh rezidentligi uchun $5 millionlik «oltin karta» dasturini e’lon qildi / Foto: Pool / AP

AQSh prezidenti Donald Tramp $5 mln evaziga doimiy yashash huquqini beruvchi «Trump Card», ya’ni «oltin karta» dasturini rasman ishga tushirdi. Bu haqda Al Jazeera axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, boy arizachilar AQShda yashash, ishlash va keyinchalik fuqarolik olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tramp bu tashabbusni 12-iyun kuni e’lon qilib, maxsus TrumpCard.gov sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishni taklif qildi. Ariza beruvchilardan ism, hudud va elektron pochta so‘raladi.

Ushbu karta ilgari amal qilgan EB-5 investitsiya vizasining o‘rnini bosishi mumkin. Trampning aytishicha, yangi rezidentlar soliq to‘laydi, ish o‘rinlari yaratadi va AQSh iqtisodiyotiga foyda keltiradi.

Hozircha ushbu karta uchun boshqa talablar e’lon qilinmagan, biroq tanlab olish jarayoni bo‘lishi aytilmoqda.

Shuningdek