Volkswagen avtomobillari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Volkswagen kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga rasmiy tarzda kirib kelmoqda. Bu haqda Volkswagen Passenger Cars kompaniyasining savdo, marketing va sotuvdan keyingi xizmatlar bo‘yicha boshqaruv a’zosi Martin Sander LinkedIn’da ma’lum qildi.
Kompaniya O‘zbekiston bozoriga mos sakkizta zamonaviy sedan va keng SUV avtomobillarini taqdim etadi. Volkswagen O‘zbekistonni Yevropa va Osiyo chorrahasidagi strategik nuqta deb biladi.
Volkswagen kompaniyasi UzAuto Motors’ning shuba korxonasi Alyans Auto bilan SKD usulida mahalliy yig‘ishni boshlab beradi.
Bungacha nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekiston bozoriga Rossiyadagi sho‘ba korxonasi orqali kirishni rejalashtirgan edi. Biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng Volkswagen Rossiya bozorini tark etdi. Avvaliga avtomobillarni «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida yig‘ish rejalashtirilgandi.
Ma’lumot uchun, Volkswagen – 1937-yilda asos solingan Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi. U Golf, Passat va Beetle kabi mashhur modellar bilan tanilgan bo‘lib, Audi, Porsche va Skoda brendlariga ham egalik qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Volkswagen L9’ga raqobatlashadigan avtomobilini ishlab chiqarishi haqida yozgandi.