Wibes blogerlar uchun monetizatsiya dasturini boshladi

eʼlon qilindi
To‘lovlar avgustda amalga oshiriladi
Wibes blogerlar uchun monetizatsiya dasturini boshladi / Foto: Hi-Tech Mail

Wildberries va Russ kompaniyalariga tegishli Wibes videoplatformasi blogerlar uchun monetizatsiya dasturini yo‘lga qo‘ydi. Endilikda kontent mualliflari videolari ko‘rilishi uchun har 1 ming marta tomosha qilingani uchun 100 rubl (sal kam 16 ming so‘m) miqdorida to‘lov olishadi.

To‘lovlar iyul oyidagi natijalar asosida avgustda amalga oshiriladi. Dasturda ishtirok etish uchun foydalanuvchining profilida kamida 5 soniyalik ikki video bo‘lishi va u Wildberries savdogari bo‘lmasligi kerak.

Ma’lumot uchun, Wibes ilovasi 2025-yil mart oyida ishga tushirilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga qisqa videolar orqali mahsulotlar tanlash va xarid qilish imkonini beradi. Ilova 1 mln martadan ko‘proq yuklab olingan, platforma foydalanuvchilari soni esa 6,3 mlndan oshgan.

Shuningdek