Yandex’ga nisbatan insofsiz raqobat alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

eʼlon qilindi
Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi
«YandexGo UB»
«YandexGo UB» MCHJga nisbatan insofsiz raqobat alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi / Foto: Sora sun’iy intelekti asosida yaratildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi «YandexGo UB» MCHJ faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atganini ma’lum qildi. Bunga sabab «Uzum Market» MCHJ XK tomonidan qilgan rasmiy murojaat bo‘ldi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, «YandexGo UB» MCHJ tomonidan televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatilgan Yandex Market reklama roligida «Uzum Market»ning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi va insofsiz raqobatga sabab bo‘ladigan holatlar mavjud.

Mazkur holat «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 21-moddasida belgilangan talablarga zid ekanligi ehtimoli mavjudligi sababli, qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan qonun buzilishi alomatlari asosida «YandexGo UB» MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda mazkur ish doirasida tegishli hujjatlar o‘rganilmoqda va yakuniy qaror e’lon qilinishi bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Market sotuvchilari buyurtmalarni o‘zlari yetkazib berishi mumkin bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek