Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi

UzAuto Motors Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra, kompaniya bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovach tayinlandi.
Kovach vengriyalik bo‘lib, Budapesht Texnika universitetida avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha muhandislik mutaxassisligini tamomlagan.
U General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi yirik kompaniyalarda yuqori lavozimlarda ishlagan va avtomobil sanoatida ko‘p yillik rahbarlik tajribasiga ega.
2021-yildan beri UzAuto Motors AJ Kuzatuv kengashi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida ham faoliyat yuritib kelayotgandi.
Shu yilning yanvar oyida Odiljon Bastamqulovich Bastamqulov «UzAuto Motors» AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Avvalroq «Kursiv» Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi etib tayinlangani haqida yozgandi.