15-iyundan ayrim poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 15-iyundan boshlab bir nechta poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Buxoro/Qarshi – Toshkent markaziy» yo‘nalishidagi 711/703-sonli poyezd Samarqanddan soat 08:07 da harakatlanib, 12:18 da Toshkentga yetib keladi.
«Toshkent janubiy – Shovot/Xiva» (58/56) yo‘nalishidagi poyezd soat 21:40 da harakatlanadi, «Shovot/Xiva – Toshkent janubiy» (57/55) yo‘nalishida esa Kattaqo‘rg‘on – Samarqand oralig‘ida o‘zgarish bo‘ladi.
«Termiz – Toshkent janubiy» (79) poyezdi soat 08:15 da manzilga yetib keladi.
Xojikentdan Toshkent janubiygacha harakatlanuvchi 6430-sonli poyezd 12:32 da yetib keladi.
Sirdaryo va Toshkent o‘rtasida qatnovchi 6407 va 6418-sonli poyezdlar mos ravishda 04:30 va 19:50 da harakatlanadi.
Shuningdek, Xavastdan chiqadigan 6453-sonli poyezd 03:43 da harakatlanib, 07:19 da Toshkent janubiyga yetib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent janubiy vokzalidan hududlarga kunlik reyslar yo‘lga qo‘yilgan edi.