Lifestyle

2025-yilda ayollarga yashash va ishlash eng qulay davlatlar aniqlandi

Daniya birinchi o‘rinda
2025-yilda ayollar uchun yashash va ishlash eng qulay davlatlar. Foto: william87 / depositphotos.com

2025-yilda ayollar uchun ishlash va yashash bo‘yicha eng yaxshi davlat sifatida Daniya e’lon qilindi. Mamlakatda 18 oylik onalik ta’tili va yuqori gender tengligi darajasi kuzatilmoqda. Bu haqda CasinooftheKings nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 17 davlatda ayollar uchun yaratilgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni baholagan. Tahlilda 10 ta muhim ko‘rsatkich hisobga olingan. Bularga ayol tadbirkorlar ulushi, rahbarlik lavozimlaridagi gender va ish bilan bandlikdagi tafovut, maoshlar farqi (o‘rtacha), onalik ta’tili davomiyligi hamda gender tengligi indeksi, tungi xavfsizlik darajasi va boshqa ijtimoiy indikatorlar kirgan.

TOP – 10 davlatlar reytingi

O‘rinDavlatAyollar hayot sifati (%)Onalik ta’tili (oy)Gender tengligi indeksiMaosh farqi (%)
1Daniya83180.78912.4
2Finlyandiya80140.87516.1
3Shvetsiya79120.8167.3
4Belgiya76150.7930.7
5Fransiya75160.78122.2
6Estoniya74140.77413.1
7Portugaliya73170.78710.1
8Sloveniya72150.7669.2
9Avstriya70160.74312
10Ispaniya69160.7976.2

Belgiya reytingda eng past maosh tafovuti ko‘rsatkichiga ega. Bu yerda ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farq atigi 0,7 foizni tashkil qiladi.

Finlyandiyada esa gender tengligi indeksida yetakchi o‘rinda turadi (0,875). Shuningdek, eng kam bandlik farqiga ega (1,5%). Ispaniyada ayol tadbirkorlar ulushi eng yuqori (3.07%) bo‘lgan.

CasinooftheKings vakilining ta’kidlashicha, «Nordik mamlakatlari yana bir bor gender tengligi borasida yetakchilikni saqlab qolmoqda. Ular parental ta’til, ish haqi shaffofligi kabi strukturaviy qo‘llab-quvvatlovlar orqali ayollarning hayotini ijobiy o‘zgartirish mumkinligini isbotlamoqda».

Tadqiqot natijalari genderga oid siyosatlarning iqtisodiy natijadorligini ko‘rsatdi. Ya’ni bolalar parvarishi infratuzilmasiga investitsiya qilgan davlatlarda ayollar bandligi bir yil ichida 12 foizga oshgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Xitoy O‘zbekistonni eng yaxshi madaniy dam olish yo‘nalishi deb e’tirof etgani haqida yozgandi.