Lifestyle

2025-yilda qaysi futbolchilarning qiymati oshdi

Birinchi o‘rinni Lamin Yamal egalladi
Футболисты
2025-yilda qaysi futbolchilarning qiymati oshdi / Foto: Emilio Garcia / Unplash

«Barselona» yarim himoyachisi Lamin Yamalning transfer qiymati 2024-yil iyulidan beri 110 mln yevroga oshdi. U dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Hozirda Yamalning qiymati 200 mln yevroga baholanmoqda va bu ispan klubi futbolchisini eng qimmat futbolchiga aylantirmoqda.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Yamalning jamoadoshi Pedro Gonsales Lopes egallab, 60 mln yevroga oshdi. Uning narxi 150 mln yevro etib baholanmoqda.

Kuchli uchlikni PSJ futbolchisi Desire Douai yopdi. Uning narxi ham 60 mln yevroga oshib, 90 mln yevroni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abbosbek Fayzullayev «Real» yoki «Barsa»da o‘ynashni orzu qilishini qayd etgani haqida yozgan edi.