Abbosbek Fayzullayev: «Real» yoki «Barsa»da o‘ynashni orzu qilaman

13-iyun 2025 11:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abbosbek Fayzullayev
Abbosbek Fayzullayev: «Real» yoki «Barsa»da o‘ynashni orzu qilaman / Foto: UFA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoaning yutug‘i ko‘pchilik xorijiy OAV va blogerlarini diqqat markazini egalladi. Sport jurnalisti va bloger Nobel Arustamyan jamoa bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbatda Abbosbek Fayzullayev «Real» yoki «Barsa»da o‘ynashni orzu qilishini qayd etgan.

«Real» yoki «Barsa»da o‘ynashni orzu qilaman… Ayni paytda men «SSKA» futbolchisiman va ushbu klub bilan amaldagi shartnomam bor. Lekin har doim Yevropada o‘ynash aniq maqsadim bo‘lgan. Vaqti kelib, Yevropada o‘ynashni xohlayman. Albatta, top-klublarda”, – deya ta’kidlagan Fayzullayev.

Video: Nobel You Tube kanali

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «SSKA» futbolchisi Abbosbek Fayzullayev 5-iyun sanasidagi BAAga qarshi o‘yin oldidan intervyu bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek