AQShda Boeing’ga raqobatchi JetZero Z4 laynerlari ishlab chiqariladi

eʼlon qilindi
9300 km parvoz oralig‘iga ega layner
JetZero Z4
AQSHda Boeingga raqobatchi JetZero Z4 laynerlari ishlab chiqariladi / Foto: JetZero

AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan JetZero startapi o‘zining mutlaqo yangi avlod yo‘lovchi samolyotlari – JetZero Z4 ishlab chiqariladigan zavodni qurish uchun Shimoliy Karolina shtatini tanladi. Bu haqda Aviadispetcher nashri ma’lum qildi.

Yangi zavod joylashuvi sifatida Grinsborodagi Pemont-Triad aeroporti yaqinidagi hudud belgilanishi kutilmoqda.

JetZero Z4 — bu 200 – 250 o‘ringa ega bo‘lgan, o‘rta masofali, 9300 km parvoz oralig‘iga ega layner bo‘lib, o‘zining qanot va fyuzelyaj birlashtirilgan g‘ayrioddiy dizayni bilan ajralib turadi. Ushbu konstruksiya orqali yoqilg‘i sarfi an’anaviy samolyotlarga qaraganda ikki baravar kamayadi. Samolyot, shuningdek, sig‘imi va parvoz masofasi bo‘yicha Boeing 737 Max 10’ni ortda qoldiradi.

Loyihaga AQSh Harbiy-havo kuchlari va Northrop Grumman kompaniyasi ham texnologik va moliyaviy ko‘mak bermoqda. JetZero Z4’ning birinchi parvozga mo‘ljallangan prototipi 2027-yilgacha tayyor bo‘lishi, tijorat reyslari esa 2030-yildan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, United Airlines bu samolyotning ilk foydalanuvchilaridan biri bo‘lishi mumkin.

JetZero Z4’ning paydo bo‘lishi Boeing va Airbus kabi gigantlar ustuvorligiga jiddiy raqobat keltirishi mumkin. Laynerning eng katta ustunligi – yoqilg‘i tejamkorligi, keng saloni va uzoq masofali uchish imkoniyati.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaponiyada 1000 kilometrdan ortiqqa uchuvchi raketalar namoyish etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek