Avto

Chevrolet Cobalt sotuvda hamon yetakchilik qilmoqda

Jami 54,5 ming dona
Chevrolet Cobalt
Chevrolet Cobalt sotuvda hamon yetakchilik qilmoqda / Rasm Sora SI yordamida yaratilgan

«O‘zavtosanoat» may oyigacha bo‘lgan davrda sotilgan avtomobillarni taqdim etdi. Ro‘yxatda Chevrolet Cobalt yetakchilik qilmoqda.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Cobalt aprel oyigacha 42 504 dona sotilgan bo‘lsa, yanvar – may oyidagi ko‘rsatkich 54 545 donaga yetdi. Demak, mayning o‘zida 12 mingdan ko‘proq avtomobillar sotilgan.

Damas modeli yanvar – aprel oylarida 19 151 dona, yanvar – may oylarida esa 22 409 dona sotilgan. Tracker esa besh oy davomida 13 438 donaga yetgan.

Foto: O‘zAvtosanoat

O‘zbekiston bozorida Cobalt va Damas’ga talab yuqoriligi saqlanmoqda. Chevrolet Tracker, Labo va Onix modellari ham faol sotilmoqda. Yangi model sifatida chiqqan elektromobillar va xorijiy brendlarda ham o‘sish kuzatilgan.

Xaridlarning 56 foizi UzAuto Motors, 26,3 foizi Khorezm Auto, 11,4 foizi ADM, 5,8 foizi esa BYDga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq Chevrolet Tracker narxi Rossiyada pastlagani haqida yozgan edik.