
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari 7 million so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hokim o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jaligi rahbarining ishonchiga kirib, uning shu yildagi 300 kg pillani topshirish rejasini yopib berish evaziga 21 million so‘m pora talab qilgan. Ushbu pullarning 7 million so‘mini o‘z xizmat xonasida olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xorazmda qishloq xo‘jaligi xodimi pora olayotganda ushlangani haqida yozgandi.