Yangiliklar

Dollar yana oshdi

12 760,21 so‘m etib belgilandi
Foto: VadimVasenin / www.depositphotos.com

O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 13-iyun kuni dollar kursi 54,42 so‘mga oshib, 12 760,21 so‘m qilib belgilandi.

  • Oldingi kurs (12-iyun): 12 705,79 so‘m;
  • Yangi kurs (13-iyun): 12 760,21;
  • O‘zgarish: +54,42 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 0,46 so‘mga oshib, 14 704,87 so‘mni, rubl esa 0,88 so‘mga yuqorilab, 160,08 so‘mni tashkil qildi.

Banklardagi eng maqbul kurslar

Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 13-iyun kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:

Banklarga sotish (USD – UZS):

  • «Universalbank» – 12 740 so‘m;
  • «Poytaxt bank» – 12 730 so‘m.
  • «Anor bank» – 12 730 so‘m;

Banklardan sotib olish (UZS – USD):

  • «Asaka bank» – 12 730 so‘m;
  • «Mybank» – 12 750 so‘m;
  • «Tenge bank» – 12 750 so‘m.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbek so‘mi hattoki skeptiklarni ham hayratda qoldirgani, dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilingani haqida yozgandi.  

2025-yil boshidan beri o‘zbek so‘mi hattoki eng ehtiyotkor tahlilchilarni ham ajablantirdi. Devalvatsiyaga oid barcha taxminlarga qaramay, milliy valyuta qariyb 1 foizga mustahkamlandi. Iyun oyining birinchi o‘n kunligiga kelib, dollar kursi 12 915,18 so‘mdan 12 777,52 so‘mga tushdi. Biroq Kursiv Uzbekistan bilan suhbatlashgan mutaxassislar bu barqarorlikni vaqtinchalik deb baholamoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyining boshida (2-may kuni) dollar kursi 12 915 so‘m atrofida belgilangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 30-aprelga nisbatan deyarli o‘zgarmagan (12 920,16 so‘m). Ammo 30-mayga kelib dollar kursi 12 790,43 so‘mga pasaydi