Eng ko‘p migratsion jinoyatni o‘zbekistonliklar sodir etgan – Rossiya Ichki ishlar vazirligi

2025-yilning birinchi choragida Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 15,3 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Vitaliy Yakovlev «Tinchlik, barqaror rivojlanish va migratsiya» xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi, deya yozmoqda Tass.
Unga ko‘ra, ushbu davrda migrantlar tomonidan 12,5 mingta jinoyat sodir etilgan. Eng ko‘p jinoyat O‘zbekiston (35,5%), Tojikiston (16,6%) va Qirg‘iziston (11,5%) fuqarolari tomonidan sodir etilgan.
Shu bilan birga, chet elliklarga nisbatan tuzilgan ma’muriy bayonnomalar soni 1,1 foizga kamayib, 668,9 mingta bo‘lgan. Konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 772 ming xorij fuqarolari nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritilgan edi.