Eron havo hududining yopilishi sabab bir nechta xalqaro reyslar bekor qilindi

eʼlon qilindi
Bir nechta reyslar
UzAirways
Eron havo hududining yopilishi sabab bir nechta xalqaro reyslar bekor qilindi / Foto: UzAirways

Eron havo hududida yuzaga kelgan keskin harbiy vaziyat tufayli bir qancha aviakompaniyalar o‘z reyslarini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Bekor qilingan reyslar quyidagilar:

  • «Flydubai» aviakompaniyasining FZ-1945/1946 raqamli Dubay – Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi reyslari;
  • «Air Arabia» kompaniyasining G9-270/271 raqamli Sharja – Toshkent – Sharja reyslari;
  • «Asia Union» aviakompaniyasining 7Q-141/142 raqamli Toshkent – Madina – Toshkent reyslari.

Ayni vaqtda reyslar xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha bekor qilindi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilgan aviakompaniyalar bilan bog‘lanish tavsiya etilmoqda.

Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy manbalar orqali taqdim etiladi.

Avvalroq Uzbekistan Airways Jidda reyslari jadvalini qayta ko‘rib chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek