Eron va Isroildagi vaziyatda jabrlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan

eʼlon qilindi
Fuqarolardan xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilish so‘ralmoqda
Jabrlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Foto: Vahid Salemi / AP

Isroil va Eron o‘rtasidagi keskin vaziyatda O‘zbekiston fuqarolarining jabrlangani haqida ma’lumot kelib tushmadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Kursiv Uzbekistanga ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 13-iyun kuni Isroil Eronning yadro inshootlari, ballistik raketa zavodlari va harbiy qo‘mondonlariga qarshi «Bosh ko‘targan sher» nomli harbiy operatsiyani boshlagan edi. 

Eron rasmiylariga ko‘ra, Tehrondagi hujumlarda Inqilobiy gvardiya qo‘mondoni Husayn Salami halok bo‘lgan, aholi yashaydigan hududga zarba tufayli bolalar halok bo‘lgan.

Mazkur voqealar fonida O’zbekiston hukumati ushbu davlatlardagi fuqarolardan raketa hujumlari vaqtida bombadan saqlanish joylariga zudlik bilan kirishni, Isroil va Eron hukumatlari, bundan tashqari O‘zbekiston elchixonasi tomonidan berilayotgan rasmiy ogohlantirishlarga qat’iy amal qilishni so‘radi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Erondagi vaziyat sababli Toshkent aeroporti bir nechta xalqaro reyslarni qabul qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek