Erondagi vaziyat sababli Toshkent aeroporti bir nechta xalqaro reyslarni qabul qildi
eʼlon qilindi
Eron havo hududining yopilishi tufayli

13-iyun kuni tongda Eron havo hududining yopilishi tufayli bir nechta xalqaro aviareyslar Toshkentga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airport xabar berdi.
Favqulodda holat tufayli quyidagi samolyotlar Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan:
- Uzbekistan Airways’ning HY5343 reysi (Toshkent – Jidda) soat 06:18 da ortga qaytib qo‘ndi;
- Fly Dubai’ning FZ1942 reysi (Toshkent – Dubay) soat 06:37 da Toshkentga qo‘ndi;
- Air Cairo’ning SM882 reysi (Olmaota – Sharm-ash-Shayx) soat 07:46 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
- Qatar Airways’ning QR8985 reysi (Seul – Doha) soat 07:57 da Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi.
Yo‘lovchilarga parvoz holati haqida aniqlik kiritish uchun o‘z aviakompaniyalariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Eron yadro obyektlariga zarba bergani, Eron qat’iy javob qaytarmoqchiligi haqida yozgandi.