Huawei Pura80 smartfonida qanday chip o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi

13-iyun 2025 11:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei
Huawei Pura80 smartfonida qanday chip o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi Huawei Pura80 smartfonlarini namoyish qildi. Eng kuchli model – Pura80 Ultra deb nomlanadi. Smartfon Kirin 9020 chipida ishlaydi.

Taqdimot vaqtida Huawei an’anaviy tarzda chip haqida rasmiy ma’lumot bermadi. Faqatgina yangi modellarning avvalgi Pura70 seriyasidan 36% tezroq ishlashi aytilgan. Kirin 9020 avval Huawei Mate 70 Pro modelida ham ishlatilgan edi.

Foto: Weibo

Kirin 9020 – bu HiSilicon kompaniyasining chipi bo‘lib, u uchta turdagi yadro klasterlariga ega:

  • 1 ta asosiy yadro – 2,5 GHz tezlikda,
  • 3 ta o‘rta yadro – 2,15 GHz,
  • 4 ta kichik yadro –1,6 GHz.

Bunday tuzilma tufayli chip 12 yadroli deb baholanadi. Grafik protsessori Maleoon 920, 840 MHz tezlikda ishlaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Telefonlardagi chiplar – bu qurilmaning «miyasi» bo‘lib, u butun tizimning ishlashini boshqaradi. Unga protsessor yoki SoC (System on a Chip) deb ham ataladi. Bitta chip ichida markaziy protsessor (CPU), grafik protsessor (GPU), sun’iy intellekt moduli, internet signalini qabul qiluvchi modem va boshqa muhim qismlar bo‘ladi.

Foto: Androidautority

Zamonaviy smartfonlardagi chiplar nafaqat tezlik, balki quvvat sarfi, kamera ishlashi, 5G internet, o‘yinlar sifati va sun’iy intellekt imkoniyatlariga ham ta’sir qiladi. Masalan, Qualcomm’ning Snapdragon chipi, Apple’ning A-seriyasi yoki Huawei’ning Kirin chipi har biri o‘ziga xos imkoniyatlarga ega. Tez va silliq ishlashni istagan foydalanuvchilar uchun kuchli chip muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, chiplar turli narxdagi telefonlar uchun ishlab chiqiladi: flagman modellar uchun eng kuchlilari, arzon telefonlar uchun esa energiyani kam sarflaydigan soddaroq variantlar qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei Pura 80 flagman smartfonlari taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek