Yangiliklar

Isroil Eron yadro obyektlariga zarba berdi, Eron qat’iy javob qaytarmoqchi

AQSh bu hujumda ishtirok etmaganini bildirgan
Isroil Eron yadro obyektlariga zarba berdi, Eron qat’iy javob qaytarmoqchi / Foto: Majid Asgaripour/WANA (West Asia News Agency) / Reuters

2025-yil 13-iyun kuni Isroil Eronning yadro inshootlari, ballistik raketa zavodlari va harbiy qo‘mondonlariga qarshi «Bosh ko‘targan sher» nomli harbiy operatsiyani boshladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning ta’kidlashicha, bu operatsiya Eronning atom quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadini ko‘zlaydi.

Foto: Majid Asgaripour/WANA (West Asia News Agency) / Reuters

Eron rasmiylariga ko‘ra, Tehrondagi hujumlarda Inqilobiy gvardiya qo‘mondoni Husayn Salami halok bo‘lgan, aholi yashaydigan hududga zarba tufayli bolalar o‘lgan. Isroil esa Natanzdagi uran boyitish markazi hamda o‘nlab strategik obyektlarga hujum uyushtirganini ma’lum qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/video_2025-06-13_07-58-22.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqdan

AQSh bu hujumda ishtirok etmaganini bildirgan. Hozirda Isroilda favqulodda holat e’lon qilinib, javob zarbalari xavfi kuchaygan. Neft narxlari oshib, global bozorlar keskin pasaydi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/video_2025-06-13_07-58-41.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqdan

Eron rasmiylari Isroil tomonidan yadro dasturiga qarshi erta tongda uyushtirilgan hujumga «keskin va qat’iy javob» berilishini ma’lum qildi. Reuters’ga ko‘ra, javob choralari bo‘yicha muhokamalar Eronning eng yuqori darajadagi xavfsizlik doiralarida olib borilmoqda. Hozircha aniq qachon va qanday javob berilishi ochiqlanmagan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/video_2025-06-13_07-58-54.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqdan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroil hujumiga javob berishga tayyor ekanini bildirgan edi.