Kichik tadbirkorlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
eʼlon qilindi
2025-yil 1-may holatiga ko‘ra

O‘zbekistonda 377 833 ta kichik tadbirkorlik subyekti (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda. Bu yil boshidan buyon 19 717 taga ko‘paygan, deya ma’lum qilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p kichik tadbirkorlar Toshkent shahrida to‘plangan – 88 883 ta, bu esa umumiy ko‘rsatkichning 23,5 foizini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (36 619 ta), Samarqand (32 901 ta) va Farg‘ona (29 523 ta) viloyatlari qayd etilgan.
Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida – 9 403 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 12,6 foizga o‘sgani haqida xabar bergan edik.