Avto

Yil boshidan beri global elektromobil savdosi 7,2 million donaga yetdi

May oyida esa 1,6 million dona elektromobil sotilgan
Global elektromobil savdosi 7,2 million donaga yetdi. Foto: ifeelstock / depositphotos.com

Yil boshidan beri global elektromobil (EV) savdosi 7,2 million donaga yetdi. May oyida esa butun dunyo bo‘ylab 1,6 million dona elektromobil sotilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28% o‘sishdir. Bu haqda EV bo‘yicha tahlillar bilan shug‘ullanuvchi Rho Motion kompaniyasining so‘nggi hisobotida keltirib o‘tildi.

Lider – Xitoy

Xitoy EV bozorida may oyida bir million elektromobil sotib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33%, aprelga qaraganda esa 10% ko‘p.

Yevropada yil boshidan beri 1,6 million EV sotilib, 27% o‘sish qayd etildi. Germaniya (45%) va Buyuk Britaniya (32%) yetakchilik qilmoqda. Ayniqsa, Ispaniya (72%) va Italiya (58%) kuchli o‘sish qayd etgan.

Shimoliy Amerikada esa vaziyat susaygan. AQSh, Kanada va Meksika umumiy hisobda atigi 3% o‘sishga erishdi. Kanadadagi subsidiyalar to‘xtatilishi 20% pasayishga olib keldi.

AQShda esa federal soliq imtiyozlari evaziga 4% o‘sish saqlanib qolmoqda. Ammo bu imtiyozlar 2026-yildan boshlab tugatila boshlaydi. Shimoliy Amerikadan farqli o‘laroq, boshqa mintaqalarda EV savdosi 36% ga oshgan.

Shuningdek, Xitoyning BYD kompaniyasi o‘zining arzon Dolphin Surf elektromobilini Yevropada taqdim etdi (Xitoyda Seagull nomi bilan tanilgan).

Narxi atigi $25 ming atrofida bo‘lib, bu avtomobil yangi Yevropa bojlaridan ham ozod etilgan, chunki u gibrid hisoblanadi.

2025-yil (yanvar – may) EV savdo ko‘rsatkichlari

MintaqaSotilgan EVlar soni (mln)O‘sish darajasi (%)
Jahon bo‘yicha7,2+28%
Xitoy4,4+33%
Yevropa1,6+27%
Shimoliy Amerika0,7+3%
Boshqa davlatlar0,6+36%

Mutaxassislarning tahminlariga ko‘ra, 2025-yilda sotilayotgan har to‘rtinchi avtomobil elektromobil bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning BYD kompaniyasi may oyida elektromobillar savdosi bo‘yicha Yaponiyada ilk bor eng ko‘p sotilgan 10 ta import brendi ro‘yxatiga kirgani haqida yozgandi.