Yangiliklar

Nukusda besh yulduzli mehmonxona va kongress-xoll qurilmoqda

$78 mln miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobiga
Nukusda zamonaviy besh yulduzli mehmonxona qurilmoqda. Foto: videotasvirdan olindi

Nukus shahri markazida qiymati $78 mln miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobiga yirik qurilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur mablag‘ga zamonaviy besh yulduzli mehmonxona va kongress-xoll majmuasi, 22 qavatli 2 ta turarjoy binosi hamda savdo majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/2_5359460290180181676.mp4
Besh yulduzli mexmonxona. Video: Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha qurilish ishlari joriy yilning may oyida boshlangan, uni tugatish esa 2027-yilga rejalashtirilmoqda. Yangi qurilayotgan 22 qavatli turarjoylar Qoraqalpoqg‘istondagi dastlabki yirik turarjoy obyekti bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qoraqalpog‘istonni 2035-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqilgani haqida yozgandi.