O‘zbekistonda taksichilik uchun propiska cheklovi mavjud emas – Transport vaziri

eʼlon qilindi
Qaror faqat statistik maqsadlarda qabul qilingan
O‘zbekistonda taksichilik uchun propiska cheklovi mavjud emas – Transport vaziri / Foto: Unsplash

Transport vaziri Ilhom Mahkamov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «faqat propiska bo‘yicha taksichilik qilish mumkin» degan xabarlarga izoh berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori faqat statistik maqsadlarda hududlar kesimida hisob-kitob yuritish uchun qabul qilingan. Bu esa taksichilik faoliyatiga hech qanday hududiy cheklov kiritmaydi.

Vazir ta’kidlaganidek, litsenziya olishda na haydovchining propiskasi, na avtomobilning davlat raqami muhim hisoblanadi.

Masalan, Surxondaryoda propiskada bo‘lgan haydovchi Toshkentda bemalol litsenziya olib, taksichilik qilishi mumkin.

Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘ylab istalgan hududda taksichilik qilish huquqi mavjud bo‘lib, buning uchun faqat litsenziya talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taksichilikka qo‘yilgan cheklov natijasida 23 ming haydovchi ishsiz qolishi haqida yozgan edik.

Shuningdek