O‘zbekistonning Maldivdagi ilk elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Elchi qarorgohi Dehli shahrida joylashgan
O‘zbekistonning Maldivdagi ilk elchisi tayinlandi / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonning Maldiv Respublikasiga (qarorgohi Dehli shahrida) tayinlangan birinchi elchisi Sardor Rustamboyev Maldiv prezidenti Muhammad Muizzu huzuriga chiqib, ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Tantanali marosimdan so‘ng o‘tgan muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Prezident Muizzu O‘zbekiston bilan xalqaro maydonda, xususan, BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish tarafdori ekanini bildirdi. Suhbatda turizm, oliy ta’lim, viza tartibini soddalashtirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston va Maldiv o‘rtasida diplomatik aloqalar 1994-yil 7-dekabrda o‘rnatilgan. Sardor Rustamboyev 2024-yil yanvaridan buyon Dehlidagi elchixonada faoliyat yuritib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Irlandiyadagi elchisi tayinlangan edi.

Shuningdek