Redmi yangi qurilmalarini taqdim etadi

13-iyun 2025 13:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi yangi qurilmalarini taqdim etadi / Rasm Chatgpt yordamida yaratilgan

Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi o‘zining yangi Redmi K80 Extreme Edition va Redmi K Pad planshetinining sotuvi yaqinda boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Yangi REDMI K80 Extreme Edition smartfoni quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo‘ladi:

  • Kuchli protsessor bilan ishlaydi (modeli hozircha aniq emas, ammo yuqori unumdorlik va’da qilinmoqda),
  • 7400 mA/soat batareya,
  • 120 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi.

Redmi rahbarlarining aytishicha, ushbu smartfon o‘rta narxdagi telefonlar orasida eng kuchlisi bo‘ladi va eng yaxshi ishlash imkonini beradi.

REDMI K Pad – kompaniyaning birinchi flagman kichik plansheti bo‘lib, u:

  • 8.8 dyuymli ekranga ega,
  • 3K aniqlikdagi displey,
  • 165Hz yangilanish tezligi (ya’ni ekran juda silliq ishlaydi),
  • 16:10 nisbati – video va o‘yinlar uchun qulay format,
  • 67 vatt tez quvvatlash imkoniyatiga ega.

Kompaniyaga ko‘ra, bu planshet nafaqat kuchli ishlashga, balki qulay tutish va ko‘chada foydalanishga ham moslashgan.

Foto: ITHome

Ma’lumot o‘rnida, Redmi – Xiaomi kompaniyasining mashhur brendlardan biri bo‘lib, asosan hamyonbop narxda kuchli texnik xususiyatlarni taklif qilishi bilan tanilgan. Redmi smartfonlari foydalanuvchilarga yaxshi kamera, katta batareya quvvati va kuchli protsessor bilan barqaror ishlashni ta’minlaydi. Ayniqsa, Redmi Note seriyasi o‘rta narx toifasidagi eng ommabop modellardan biridir.

Kompaniya har yili yangi modellarni taqdim etib, dizayn va texnologik imkoniyatlarni yangilab boradi. So‘nggi paytlarda Redmi flagman darajasidagi K-seriyali modellari bilan ham e’tibor qozonmoqda. Bu telefonlar kuchli chiplar, AMOLED displey va tez quvvatlanish funksiyalari bilan ajralib turadi. Redmi foydalanuvchilarga narx va sifat o‘rtasida a’lo muvozanatni taklif qilgan brend sifatida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 222 dollarga Xiaomi Mijia 271L uch eshikli muzlatkich taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek