
Buxoro va Navoiyda 2025-yilning ikkinchi yarmida mavjud «Chirchiq» va «Jizzax» sanoat zonalariga qo‘shimcha bo‘ladigan texnoparklarni ochish rejalashtirilgan. Ularni ishga tushirish masalasi Toshkent investitsiya forumida O‘zbekiston va Rossiya vakillari tomonidan muhokama qilindi.
Yangi sanoat zonalarining ochilishi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi investorlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishi kutilmoqda.
Forum davomida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevga ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi besh yil ichida deyarli ikki baravar oshganini ma’lum qildi.
2030-yilga borib Rossiya O‘zbekistondan mahsulot yetkazib berishni 3,6 barobarga oshirib, $11,8 milliardga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.