«Tuxum barak» milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

13-iyun 2025 18:00 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
«Tuxum barak» taomi gastronomik boylik sifatida tan olindi. Foto: Facebook

Xorazm viloyatiga xos bo‘lgan mashhur «Tuxum barak» taomi endilikda huquqiy jihatdan himoyalangan gastronomik boylik sifatida tan olindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ushbu maqom taomning sifati, tarkibi, tayyorlanish usuli va tarixiy ildizlarini e’tirof etadi.

Mazkur taom o‘ziga xos tayyorlanishi va tarkibi bilan ajralib turadi. Xorazm aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, hududning boy madaniy-gastronomik merosining yorqin namunasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich maqomi mahsulotning aynan ma’lum bir hududga xosligi va o‘sha hudud sharoitlari, urf-odatlari bilan bog‘liq maxsus xususiyatlarga ega ekanini bildiradi.

Natijada, taom huquqiy himoyaga ega bo‘ladi, sifati va nufuzini saqlab qolish kafolatlanadi hamda hududiy brend sifatida targ‘ib etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda koreys taomlarini qayerlarda tatib ko‘rish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek