Avto

Volkswagen ID.Buzz Cargo‘ning 75 yillik yubiley versiyasi taqdim etildi

Narxi $40 mingdan boshlanadi
Volkswagen ID.Buzz Cargo‘ning 75 yillik yubiley versiyasi taqdim etildi / Foto: VW.com

Volkswagen o‘zining ilk T1 modeli 75 yilligiga bag‘ishlab ID.Buzz Cargo‘ning maxsus yubiley versiyasini chiqardi. Modelning tasvirlari kompaniyaning saytida e’lon qilindi.

32cars nashri xabar berishicha, angi model kuchliroq akkumulyator, zamonaviy texnologiyalar va qulayliklarga ega.

Mashina 59 yoki 79 kVt/soatli batareyalar bilan ta’minlangan. Elektr motorlari 170 dan 340 ot kuchigacha quvvat beradi. To‘liq zaryad bilan 331 km.dan 455 km.gacha yo‘l bosadi. 4Motion to‘liq yurituv tizimli versiyasi ham mavjud.

Ushbu maxsus modelda bir qator jihozlar bor. LED faralar, Discover Pro multimedia tizimi, DAB+ radio, simsiz quvvatlovchi, orqa kamera, xavfsizlik paketlari (Travel Assist va Pre-Crash), charm rul va logotip proeksiyasiga ham ega.

Boshlang‘ich narxi 39 990 yevrodan (taxminan $40 ming) boshlanadi. Bu narx standart ID.Buzz versiyasidan ancha arzon. Yangi model kichik biznes yoki shahar uchun elektromobil izlayotganlar uchun qulay tanlov bo‘lishi mumkin.

Yubiley versiyasi cheklangan miqdorda chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volkswagen avtomobillari O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi haqida yozgan edi.