Eng kuchli Land Cruiser 300 gibrid versiyada sotuvga chiqdi

14-iyun 2025 10:19 eʼlon qilindi

(14-iyun 2025 20:43 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Land Cruiser 300
Eng kuchli Land Cruiser 300 gibrid versiyada sotuvga chiqdi / Foto: Toyota

Toyota mashhur Land Cruiser 300 modelini yangi gibrid kuch qurilmasi bilan taqdim etdi. Bu haqda Auto.ru nashri ma’lum qildi.

Endilikda u eng kuchli versiyada sotuvga chiqmoqda. Yangi modifikatsiya Lexus LX 700h flagmanidagi gibrid tizim asosida yaratilgan bo‘lib, 400 dan ortiq ot kuchini hosil qiladi.

Yangi gibrid Land Cruiser 300 3,5 litrli V6 benzinli dvigatel, elektromotor va 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisidan tashkil topgan kuch qurilmasiga ega. Uning umumiy quvvati 457 ot kuchini, aylanish momenti esa 790 Nm ni tashkil etadi. Shunga qaramay o‘rtacha yonilg‘i sarfi atigi 10,9 l/100 km ni tashkil qiladi.

Toyota ushbu modelda yo‘lsiz joylarda harakat qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratgan – elektromotor ishlamay qolganda ham mashina faqat benzin dvigateli yordamida harakatlana oladi.

Gibrid avtomobil ilk bor Birlashgan Arab Amirliklarida buyurtmaga chiqdi va 2026-yildan boshlab Avstraliyada ham taqdim etilishi kutilmoqda. Uning narxi BAAda 389 900 dirhamdan ($106 ming) boshlanadi. Bu benzinli V6 versiyasiga nisbatan ancha qimmatroq ($90 ming).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota mashhur Sienta minivenini zavod darajasida kemperga aylantirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek