Yangiliklar

O‘zbekiston va Belarus TIV rahbarlari Afg‘oniston chegarasida aylandi – video

Ularni Termiz bilan Hayratonni bog‘lovchi Do‘stlik ko‘prigidan olib o‘tishdi
Foto: Belarus TIVning Instagram sahifasi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning belaruslik hamkasbi Maksim Rijenkov O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi. Ularni Termiz bilan Hayratonni bog‘lovchi Do‘stlik ko‘prigidan olib o‘tishdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/aqpw-6dyoa3hfrac-il_jlhjwgdr3bwaivwsou0ibm7bcp-hsf6u7cyazcwegkbnpalsjig4cmutbfjmmufcq9v_-1.mp4

Uchrashuvda Saidov va Rijenkov Afg‘oniston orqali savdo yo‘llarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Tomonlar gumanitar yordamni muvofiqlashtirish, chegaraoldi hududlarda barqarorlikni ta’minlash masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

Belarus Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston va Belarus TIV rahbarlarining uchrashuvi mustahkam sheriklik va ishonchli muloqot ramzi ekanini ta’kidladi.

«Mintaqaviy xavfsizlik, gumanitar hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha real qadamlar – bularning barchasi mintaqaning eng nozik nuqtalaridan biridagi uchrashuv diqqat markazida», – deyiladi vazirlik bayonotida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmari bergani haqida xabar bergan edi.