O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar Qirg‘izistonda 100 foizlik natija bilan g‘olib bo‘lishdi

eʼlon qilindi
7 nafar o‘zbek bokschilari har biri oltin medalga sazovor bo‘ldi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

IX xalqaro «Qirg‘iziston gavhari» sport o‘yinlarida Baxtiyorjon To‘raboyev boshchiligida qatnashgan 7 nafar o‘zbek bokschisi har biri oltin medalga sazovor bo‘ldi.

2025-yil 10 – 14-iyun kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan IX xalqaro «Qirg‘iziston gavhari» sport o‘yinlarida o‘zbekistonlik o‘smir bokschilar tarixiy yutuqqa erishishdi.

Turnirda ular 100 foizlik natija ko‘rsatib, O‘zbekiston jamoasini umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa olib chiqdi.

Musobaqa g‘oliblari:

  • 42 kg: Abduvoris Rahimjonov
  • 44 kg: Kamronbek Bahodirov
  • 46 kg: Javlonbek Mahamadisaqov
  • 54 kg: Asadbek Esonboyev
  • 60 kg: Ibrohim Shokirjonov
  • 80 kg: Jahongir To‘ychiboyev
  • +80 kg: Asadbek Sultonboyev

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ahmadaliyev va Inoue o‘rtasidagi super jang sanasi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek