Samsung Galaxy F36 qanday chip bilan taqdim etilishi ochiqlandi

Samsung o‘zining o‘rta narx toifasidagi qurilmalar qatorini yangi model – Samsung Galaxy F36 bilan kengaytirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
Qurilma hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, Google Play Console ma’lumotlar bazasida «SM-E556B» model raqami bilan paydo bo‘ldi. Aytishlaricha, u tez orada Galaxy F56 nomi ostida ayrim bozorlar, jumladan Hindistonda, hamda boshqa nomlar bilan boshqa hududlarda sotuvga chiqariladi.
Galaxy F36 2023-yilda Galaxy A54 modelida ishlatilgan Exynos 1380 protsessori bilan jihozlanadi. Bu hozirda ikki yillik chip hisoblanadi. Qurilma 6 GB tezkor xotira va Full HD+ aniqlikdagi ekran bilan birga keladi. Dizayn jihatidan esa u Infinity-U shaklidagi old kamera kesimi bilan taqdim etiladi. Operatsion tizim sifatida Android 15 (One UI 7.0) o‘rnatilgan.
Smartfonning boshqa asosiy jihatlari quyidagilar bo‘lishi kutilmoqda:
- 120 Gs yangilanish chastotali Super AMOLED displey
- 50 MP asosiy kamera, 8 MP ultra keng, 5 MP makro va 12 MP old kamera
- 4K video yozish imkoniyati
- Displey osti optik barmoq izi skaneri
- GPS, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3, NFC va USB Type-C
- Ikki SIM-karta, 5G tarmog‘i qo‘llab-quvvatlovi
- 25 Vt tez quvvatlanadigan 5000 mA/soat akkumulyator
- Stereokarnaylar mavjud bo‘lishi mumkin
Galaxy F36 Samsung’ning boshqa modellari – Galaxy M36 va Galaxy Jump 4 bilan bir xil qurilma bo‘lishi mumkin. M36 Hindistonda, Jump 4 esa Janubiy Koreya uchun mo‘ljallangan nom bo‘ladi.
Chip eski bo‘lishiga qaramay, Galaxy F36 foydalanuvchilar uchun kuchli multimedia va kundalik foydalanishga mos qurilma bo‘lib qoladi. Avvalgi modellarda ko‘rganimizdek, bu telefon ham 6 tagacha Android OS yangilanishini olishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung One UI 8 yangilanishi yozda taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.