Audi A7L 2025 taqdim etildi

15-iyun 2025 09:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Audi A7L 2025 taqdim etildi / Foto: Audi

Audi kompaniyasi 2025-yilgi yangilangan Audi A7L sedanini rasman taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Model Xitoy bozorida yetti xil komplektatsiyada sotuvga chiqariladi. Uning boshlang‘ich narxi 418 700 yuandan (taxminan $58 400) boshlanib, eng qimmati esa 666 200 yuangacha (qariyb $92 900) yetadi.

Tashqi ko‘rinishida katta o‘zgarishlar bo‘lmagan – mashinaning o‘lchamlari 5076×1908×1429 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 3026 mm ni tashkil qiladi. Salonda esa texnologik yangilanishlar mavjud.

Foto: Audi

Asosiy komplektatsiyaning o‘zida uchta ekran o‘rnatilgan: 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli, 10,1 dyuymli media tizim ekrani va 8,6 dyuymli iqlim boshqaruvi uchun alohida sensor displey.

Yangi A7L ikkita dvigatel variantini taklif qiladi. Kuchsizroq versiyasi 45TFSI, 2,0 litrli turbo dvigatelga ega. U 245 ot kuchi va 370 Nm momentni taklif etadi. 55TFSI esa 3,0 litrli V6 dvigatel bilan jihozlangan. U 340 ot kuchi va 500 Nm momentni taqdim etadi. Model 100 km/soat tezlikka atigi 5,6 soniyada chiqadi.

Foto: Audi

7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi barcha modifikatsiyalarda qo‘llanilgan. Kichik dvigatelli variant old yoki to‘liq yuritmada bo‘lishi mumkin. Katta dvigatelli versiya esa faqat to‘liq yuritmaga ega.

Audi A7L 2025 zamonaviy dizaynni ilg‘or texnologiyalar va yuqori darajadagi haydash qulayligi bilan uyg‘unlashtirgan zamonaviy biznes-sedan sifatida taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri FAW Audi Guangdong – Gonkong – Makao avtosalonida yangi Q6L e-tron elektromobilining savdosini boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek