Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
AQSh dollarining o‘rtacha kursi so‘mga nisbatan yuqoriladi
Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi / Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasidagi (O‘zRVB) ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 9-iyundan 13-iyungacha AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha kursi 12 712,05 so‘mdan 12 760,21 so‘mga yuqoriladi.

AQSh dollari haftani 12712,05 so‘m bilan boshlab, 10-iyunda 12 674,37 so‘mni qayd etdi. Eng ko‘p pastlash 11-iyunda kuzatildi. O‘sha kuni 1 AQSh dollari 12 646,56 so‘mga teng bo‘ldi. 12-iyun kuni AQSh dollarida yuqorilash kuzatilib, 12 705,79 so‘mni tashkil etdi. 13-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 760,21 so‘mga teng bo‘lib, bu 9-iyunga nisbatan 48,16 so‘mga yuqorilaganini bildiradi.

16-maydan 13-iyungacha dollar kursining o‘zgarishi

Foto: RVB

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbek so‘mi hattoki skeptiklarni ham hayratda qoldirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek