Dua Lipa Kallum Tyorner bilan turmush quradi

15-iyun 2025 16:08 eʼlon qilindi

(15-iyun 2025 22:13 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yelena Kim

Yelena Kim

Yangiliklar muharriri e.kim@kursiv.media
Dua Lipa Kallum Tyorner bilan turmush quradi / Foto: AVALON CELEBRITIES / LEGION-MEDIA

Xonanda Dua Lipa Vogue nashri bilan suhbatda aktyor Kallum Tyorner bilan unashtirilganini tasdiqladi. Xonanda bu voqeadan juda xursand ekanini va ta’sirlanganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sevgilisi sovg‘a qilgan uzuk uning shaxsiyatini to‘liq aks ettiradi. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i uni juda yaxshi tushunishini anglaganidan mamnun.

Tyorner Lipaning yaqinlari zargarlik buyumlari dizaynini tanlashda o‘zgacha va mazmunli narsalarni yaratish uchun maslahatlashgan.

Dua Lipa va Kallum Tyorner Met Gala debyutida hayratlanarli ko‘ringan edi. Ularning iliq munosabati o‘sha yirik tadbirda ham yaqqol sezilgan.

Avvalroq Toshkentdagi Jennifer Lopez konsertida 35 tadan ortiq davlat fuqarolari chipta xarid qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek